Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Superliga. «Neftchi» - «So‘g‘diyona». Prevyu

Superliga. «Neftchi» - «So‘g‘diyona». Prevyu

Baho:
+ | -

Bugun Superliganing 8-tur bahsida Vitaliy Levchenko boshqaruvidagi «Neftchi» futbolchilari ayni damda turnir jadvalida ikki ochko ortda qolayotgan Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubini qabul qiladi.

Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi 1970 yilda tashkil topgan. 1992 yildan boshlab jizzaxliklar milliy chempionatimizning Oliy ligasida ishtirok etib, tarihiy natija, ya’ni bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. 2003-2013 yillar oralig‘ida jamoa to‘rt marotaba Oliy liga musobaqalarini tark etgan. Lekin, 2013 yildan e’tiboran «So‘g‘diyona» doimiy ravishda mamlakatimizning oliy divizioni ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Milliy chempionatimiz doirasida jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvlar statistikasiga kelsak ,bunda farg‘onaliklarning ancha ustunligi ko‘zga tashlanadi. O‘tkazilgan 54 ta uchrashuvdan 30 tasida «Neftchi»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 12 ta bellashuvda «So‘g‘diyona» g‘olib bo‘lgan va 12 ta bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati ham farg‘onaliklar foydasiga 97-46.

Jamoalarning Farg‘onada o‘tkazgan oxirgi besh uchrashuvdagi natijalari quyidagicha:

20.08.2024. «Neftchi»-«So‘g‘diyona» 0:3
11.08.2023. «Neftchi»-«So‘g‘diyona» 0:0
18.03.2022. «Neftchi»-«So‘g‘diyona» 1:2
09.11.2018. «Neftchi»-«So‘g‘diyona» 0:1
25.05.2018. «Neftchi»-«So‘g‘diyona» 0:2

Eslatma: 4 may yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Neftchi»-«So‘g‘diyona» bellashuvini Shavkat Nasibullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. O‘yin soat 18:00 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 07:50, 04.05.2025.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.