Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Flik: "Levandovski "Inter"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushmaydi"

Flik: "Levandovski "Inter"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushmaydi"

Baho:
+ | -

Seshanba oqshomida "Inter" va "Barselona" yarim finalning javob uchrashuvida Chempionlar ligasi finali yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi. Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Robert Levandovskining holati haqida gapirdi.

Nemis mutaxassisi polshalik hujumchi asosiy tarkibda maydonga tushmasligini tasdiqladi.

"Kecha gaplashdik. Hammasi yaxshi ketmoqda. Levandovski zaxirada maydonga tushishga tayyor. Agar u bizga kerak bo‘lsa, maydonga tushadi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda va kerak bo‘lsa bizga yordam berishga tayyor", - dedi Flik matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi birinchi yarim final uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangandi.

Kiritildi: 23:11, 05.05.2025.
O'qildi: 1520 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик