Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shesni: "Barselona"ning yosh futbolchilari kelajakda ko‘p marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishadi"

Shesni: "Barselona"ning yosh futbolchilari kelajakda ko‘p marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishadi"

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni Chempionlar ligasining yarim final bosqichidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Seshanba kuni "San-Siro"da Kataloniya grandining trebl haqidagi orzulari yakuniga yetdi. "Inter" 4:3 (umumiy hisobda 7:6) hisobida g‘alaba qozondi va eng nufuzli yevrokubok finaliga yo‘l oldi.

"Bugun biz mag‘lub bo‘ldik, buni yosh futbolchilarimizga qabul qilish oson bo‘lmaydi, ammo ularning har biri kelajakda Chempionlar ligasida ko‘p marotaba g‘alaba qozonishga loyiq ekanliklarini isbotladi. Bugungi mag‘lubiyatdan keyin hayot tugamaydi", - deya Shesnining so‘zlarini keltiradi ispan OAVlari.

Turnir finalida "Inter" chorshanba kuni Parijda aniqlanadigan "PSJ" - "Arsenal" uchrashuvi g‘olibi bilan uchrashadi.

Kiritildi: 08:09, 07.05.2025.
O'qildi: 1049 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик