Kirish Ro'yxatdan o'tish

Maunt ilk bor "MYU" safida dubl qayd etdi

Maunt ilk bor "MYU" safida dubl qayd etdi

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Meyson Maunt Yevropa Ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Atletik” darvozasiga dubl qayd etdi. Uning jamoasi uchrashuvda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi (birinchi o‘yin – 3:0).

Mauntning gollari 72- va 91-daqiqalarda kiritildi. Ikkinchi gol esa o‘yinning eng yorqin epizodlaridan biriga aylandi — Rasmus Xeylund raqib darvozaboni Xulen Agirresabalagaga bosim o‘tkazib, uni xatoga majbur qildi. Meyson esa shu imkoniyatdan foydalanib, deyarli maydon markazidan to‘pni bo‘sh darvozaga yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, Maunt 4 may kuni “MYU” safida 2024 yil mart oyidan beri ilk bor gol urgan edi.

Kiritildi: 07:56, 09.05.2025.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик