Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Ronalduga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda — Mirror

Ronalduga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda — Mirror

Baho:
+1 | -

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Angliyaning Mirror nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchiga turli qit’alardan beshta klub da’vogarlik qilmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, Ronalduning xizmatlariga Portugaliyaning “Sporting”, Saudiya Arabistonidan “Al-Ahli”, AQSHning “Los-Anjeles”, Angliyaning “Chelsi” klubi hamda Turkiyaning “Beshiktosh” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ayni damda 40 yoshli Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” safida to‘p surmoqda. Klub Saudiya Arabistoni Pro Ligasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va keyingi mavsum Elit Osiyo Chempionlar yo‘llanmasiga ega chiqa olmadi. Shu bois ko‘plab OAVda hujumchi shartnomasi yakunlangach, riyodliklar safini tark etishi borasida xabar tarqaldi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu vataniga qaytmoqchi ekanligi borasida xabarlar chiqqan edi. U faoliyatini boshlagan klub — “Sporting” safida karyerasini tugatishni istayotgani aytilgandi.

Ma’lumot uchun, uning “An-Nassr” klubi bilan tuzgan shartnomasi yakunlanishiga atigi olti hafta vaqt qolgan. U joriy mavsum Riyod klubi tarkibida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 ta gol hamda 3 ta assist yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 12 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:53, 18.05.2025.
O'qildi: 8866 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.