Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabrisio Romano: ten Xag - "Bayer" bosh murabbiyi (foto)

Fabrisio Romano: ten Xag - "Bayer" bosh murabbiyi (foto)

Baho:
+ | -

Bungacha "Manchester Yunayted"ni boshqargan niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag Germaniya Bundesligasida ish boshlashga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis Leverkuzenning "Bayer" klubi boshqaruvida Xabi Alonso o‘rnini egallaydi. Ispaniyalik "dorishunoslar"ni tark etib, Madridning "Real" klubiga o‘tadi. Ten Xag allaqachon "Bayer" bilan mehnat shartnomasini kelishib olgan.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Kelishuv rasman ertaga, 26 may kuni e’lon qilinishi kerak.

Germaniya chempionatining ortda qolgan mavsumida Leverkuzen jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Kiritildi: 12:44, 25.05.2025.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик