Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" Teo Ernandesni 30 million yevroga sotib yuboradigan bo‘ldi

"Milan" Teo Ernandesni 30 million yevroga sotib yuboradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va "Milan" himoyachisi Teo Ernandes Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilmoqda.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, uning yangi klubi "Al-Hilol" bo‘ladi. Tomonlar muzokaralar olib borib, transfer haqida kelishib oldilar. Bitim summasi 30 million yevroni tashkil etadi. Yana besh millioni bonus to‘lovlari sifatida ko‘zda tutiladi.

O‘tgan mavsumda Ernandes "rossonerilar" safida 49 ta o‘yinda ishtirok etgan. Himoyachi beshta gol va oltita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Teoning "Milan" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 12:35, 03.06.2025.
O'qildi: 1657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик