Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Grizmann: "Futbolda irqchilikka joy yo‘q bo‘lishi kerak"

Grizmann: "Futbolda irqchilikka joy yo‘q bo‘lishi kerak"

Baho:
+ | -

Antuan Grizmann futboldagi irqchilik haqida gapirdi.

"Futbol dunyoni birlashtiradi, degan ibora oddiy, ammo to‘g‘ri. O‘yin bo‘lsa, maydonda va tribunada turli madaniyat va mamlakatlardan bo‘lgan odamlar ko‘p bo‘ladi. Har bir muxlis o‘z mamlakati yoki o‘z vatan klubi libosini kiyib olganini ko‘rib, futbolning qudratini anglaysiz".

Haqorat haqida:

"Bu juda achinarli, chunki hali ham juda yomon qo‘shiqlar, juda ahmoqona qo‘shiqlar bor. Ularga joy yo‘qligi aniq. Futbolchi maydonda, zaxira o‘rindig‘ida bo‘lganida jiddiy haqoratlanishi mumkin, bunday bo‘lmasligi kerak.

Biz odamlar, kattalar, ota-onalar sifatida yaxshilanishimiz kerak, chunki ko‘pincha ota-onalar o‘z farzandlari oldida juda qo‘pol imo-ishoralar va haqoratlar qilishadi va bola ota-onasining qilganini takrorlashi aniq. Men barcha ota-onalarni va barcha kattalarni ularning so‘zlari va imo-ishoralariga diqqat bilan qarashga chaqiraman - shundagina biz bu ahmoqlikka chek qo‘yishimiz mumkin.

Farzandlaringizni qanday tarbiyalayotganingiz juda muhimdir. Siz o‘zingizga yaxshi o‘rnak bo‘lishingiz, barchaga, klub va stadion xodimlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishingiz, atrofingizdagi odamlarga g‘amxo‘rlik qilishingiz kerak" - dedi "Atletiko" forvardi FIFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 17:14, 11.06.2025.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.