Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ikkinchi o‘yinda ham Chilini mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ikkinchi o‘yinda ham Chilini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Janubiy Amerika turnesi doirasidagi navbatdagi nazorat uchrashuvida Chiliga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida muhim g‘alabaga erishdi.

O‘yin yuqori tempda boshlandi va darhaqiqat, jamoamiz bellashuvni faol boshladi. Jamoamizning ilk goli 10-daqiqada Sadriddin Hasanov tomonidan urildi — u raqib darvozabonini yakkama-yakka vaziyatda dog‘da qoldirdi va hisobni ochdi.

Birinchi taymda boshqa gol qayd etilmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalida murabbiylarimiz Abdumo‘minov, Shukurullayev va Fayzullayev zaxiradan maydonga tushirildi.

Bu o‘zgarishlar o‘z samarasini berdi. 60-daqiqada maydonga ikkinchi bo‘limda tushgan Azizbek Abdumo‘minov jamoamizning ikkinchi golini kiritdi va hisob 2:0 ko‘rinishiga keldi.

65-daqiqada yana bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi — jamoa to‘rt nafar yangi futbolchi kuchaytirildi. Ammo 72-daqiqada raqib — Chili jamoasi safida Maksimo Espinola aniq zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi.

Oxirgi daqiqalarda ham ikki tomondan faol harakatlar kuzatilgan bo‘lsa-da, yana gol urilmadi. 90+6-daqiqada hakam uchrashuvni yakunladi.

Uch kun avval o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda o‘smirlarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

U-17 o‘rtoqlik o‘yini. 2025 yil 13 iyun
Chili - O‘zbekiston - 1:2 (0:1)
Gollar: 10’ — Sadriddin Hasanov, 60’ — Azizbek Abdumo‘minov, 72’ — Maksimo Espinola

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:52, 13.06.2025.
O'qildi: 3907 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик