Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" hujumchisi klub bilan xayrlashdi

"Bavariya" hujumchisi klub bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Londonning "Tottenxem" klubiga o‘tgan hujumchi Matis Tel Myunxenning "Bavariya" klubini tark etgani haqida fikr bildirdi.

"Bavariya" uchun o‘yinning har bir daqiqasidan zavq oldim. Myunxen mening qalbimda abadiy qoladi. Muxlislarga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman, buni hech qachon unutmayman. Klubga eng yaxshi tilaklarni bildirmoqchiman. Barchaga katta rahmat," - deyiladi futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O‘tgan mavsumda 20 yoshli fransuz "Tottenxem" safida ijara asosida to‘p tepgan edi. Tel Angliya Premyer-ligasida 13 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urgan va 1 ta golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 12:12, 16.06.2025.
O'qildi: 1448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик