Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Chelsi" himoyachisi: "Di Mariya o‘yinini ko‘rib katta bo‘lganman"

"Chelsi" himoyachisi: "Di Mariya o‘yinini ko‘rib katta bo‘lganman"

Baho:
+ | -

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Benfika" uchrashuvi oldidan londonliklar himoyachisi Levi Kolvill Portugaliya jamoasi hujum chizig‘i yetakchisi, Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan Anxel Di Mariya bilan uchrashuvdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

37 yoshli argentinalik futbolchi musobaqaning guruh bosqichida uchta gol urdi va "Benfika" tarkibida asosiy figura bo‘lib qolmoqda. FIFA matbuot xizmatiga bergan izohida Kolvill raqibning darajasini ta’kidladi:

"Di Mariya - ajoyib toifadagi o‘yinchi. Men uni yoshligimdan kuzatganman va har doim uning texnikasiga qoyil qolganman. U deyarli har bir imkoniyatdan foydalanishga qodir. Umid qilamanki, biz uni imkon qadar tezroq zararsizlantirishga, chap oyog‘ini to‘sishga va hujum qilish uchun joy qoldirmaslikka muvaffaq bo‘lamiz," - dedi himoyachi.

"Chelsi" va "Benfika" o‘rtasidagi bahs bugun, 28 iyun kuni Sharlottda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Kiritildi: 20:36, 28.06.2025.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик