Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA 0-3 Yaponiya
10/01 16:30 Livan 2-4 Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo 1-1 Betis
10/01 19:00 Eron 0-0 O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze 2-2 Piza
10/01 19:00 Komo 1-1 Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal 3-1 Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma 2-0 Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio
12/01 00:45 Inter - Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa - Kalyari

Asror Aliqulov: "Ikkinchi taym uchun yigitlarga rahmat aytaman"

Asror Aliqulov: "Ikkinchi taym uchun yigitlarga rahmat aytaman"

Baho:
+ | -

Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Afsuski, o‘yinni yomon boshladik. Gol o‘tkazib yuborgach, keyin uyg‘ondik. OKMK bir nechta uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayotganini bilardik. Shunga qaramay bu jamoaning o‘yini yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ikkinchi taymda o‘yinni kuchaytirishga harakat qildik, lekin raqib himoyada bexato harakat qildi. Bosim uyushtirdik, hatto bahs oxirlarida qulay vaziyatga ega bo‘ldik. Ammo yakunda kichik hisobda imkoniyatni boy berib, mag‘lub bo‘ldik.

— "Mash’al" besh nafar himoyachi bilan o‘ynab ham standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordi. Balki jamoaga yaxshi himoyachi kerakdir?

— Superligada yaxshi ishtirok etish uchun har doim yaxshi o‘yinchilar kerak bo‘ladi. Bu faqat himoya chizig‘i bilan bog‘liq emas. Hamma chiziqlarga yaxshi o‘yinchilar kerak. Bu hozirgi Superliganing talabi. Biz ham bu borada futbolchilar bilan ishlayapmiz, mashg‘ulotlarda uqtiryapmiz, o‘yinchilarni uyg‘otishga harakat qilyapmiz. O‘yindan oldin ko‘rsatma berganda hatto raqib o‘yinchilarining nomigacha aytamiz. Kim kimni yopishi kerakligi haqida ko‘rsatma beramiz. Ammo bugun o‘zingiz ko‘rdingiz, beshta himoyachi bilan o‘ynab ham gol o‘tkazdik. Lekin ikkinchi bo‘limdagi o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman.

— Bugun Xumoyun Murtazoyevga raqib deyarli o‘yin bermadi. Shunday holatlarda nimadir o‘zgartirish kiritgan ma’qul emasmi?

— Zaxiramizdagi hujumchi o‘yinni kuchaytira olmasdi, chunki OKMK himoyasi baribir kuchli ekanini bilardik. Ularda mahoratli futbolchilar ko‘p. Bizga yaxshi saviyadagi yarim himoyachilar ham kerak. Bunday o‘yinlarda saviya ko‘p narsani hal qiladi.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 08:52, 06.07.2025.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.