Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegri "Milan"da jiddiy qoidalar o‘rnatdi

Allegri "Milan"da jiddiy qoidalar o‘rnatdi

Baho:
+ | -

Massimiliano Allegri faoliyatida ikkinchi marta "Milan" bosh murabbiyi lavozimini egalladi. "Rossonerilar"ni qabul qilib olgan Allegri jamoa uchun qat’iy qoidalar o‘rnatdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport’ga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Allegri uchrashuvlar, ovqatlanish va kiyinish xonasida smartfonlarni taqiqlagan. "Milan" ustozi kechikish uchun futbolchini "Barselona"dagi Xans-Diter Flik kabi ma’lum muddatga chetlatadi. Shuningdek, Allegri futbolchilarni vaznni nazorat qilishga chaqirdi - jamoa bazada nonushta va tushlik qilishi kerak.

O‘tgan Italiya chempionatida "Milan" sakkizinchi o‘rinni egallab, yevrokuboklardan quruq qolgandi.

Kiritildi: 23:10, 06.07.2025.
O'qildi: 1317 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик