Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn "Bavariya" KO‘JCHni tark etganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Keyn "Bavariya" KO‘JCHni tark etganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tark etdi. Turnirning chorak finalida Vensan Kompani jamoasi "PSJ"ga 0:2 hisobida yutqazdi. O‘yinning ertasi kuni myunxenliklar hujumchisi Xarri Keyn ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

"Shuncha mehnat qilgan narsamizga erisha olmaganimizdan xafa bo‘ldik. Endi biz dam olishimiz, tiklanishimiz va yangi mavsumga tetik qaytishimiz kerak," - deb yozdi Keyn.

"Bavariya" kelasi mavsumning ilk rasmiy o‘yinini 16 avgust kuni Germaniya Superkubogi doirasida "Shtutgart"ga qarshi o‘tkazadi. Bundesliganing dastlabki turida esa myunxenliklar 22 avgust kuni "RB Leypsig"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 23:22, 06.07.2025.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик