Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Napoli"ga Turkiyadan katta taklif keldi

"Napoli"ga Turkiyadan katta taklif keldi

Baho:
+ | -

"Napoli" "Galatasaroy"dan hujumchi Viktor Osimxen bo‘yicha yangi transfer taklifi oldi.

Avvalroq, turk klubi 26 yoshli futbolchini 60 mln yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan, ammo rad javobini olgandi. Endi esa, insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, "Galatasaroy" yaxshilangan taklif bilan qaytdi - 75 mln yevro. Aynan shu miqdordagi tovon puli nigeriyalikning "Napoli" bilan shartnomasida ko‘rsatilgan, ammo tovon puli faollashtirilmaydi, chunki istanbulliklarning taklifi besh yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutadi - ya’ni italyan grandi rad javobini berishga haqli.

Ma’lumotlarga qaraganda, Viktor Osimxenning o‘zi o‘tgan mavsumda ijara asosida muvaffaqiyatli to‘p tepgan "Galatasaroy"ga o‘tishni istamoqda.

Kiritildi: 01:33, 09.07.2025.
O'qildi: 1131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик