Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

«Navbahor»: Birinchi davra yakunlari – sariq va qizil kartochkalar

«Navbahor»: Birinchi davra yakunlari – sariq va qizil kartochkalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Navbahor»ning birinchi davraga oid statistik ma’lumotlari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Bu safar sariq va qizil kartochkalar borasidagi statistikaga to‘xtalishni lozim deb topdik.
Albatta, futbol jamoaviy sport turi sanalsada, yakkakurashlarga ham boydir. To‘p uchun kurashdagi bunday vaziyatlar esa odatda qo‘polliklarsiz o‘tmaydi.

Shuningdek, ayrim paytlarda raqib hujumini bartaraf etish, bundan tashqari, asabni jilovlay olmaslik, qiziqqonlik ham futbolchilarning hakam tomonidan ogohlantirish olishlari, ayrim paytlarda esa hattoki, maydondan chetlatishlariga sabab bo‘ladi. Qisqasi, kartochkalar millionlar o‘yinining bir bo‘lagi hisoblanadi.

Superliganing 1-davrasi bahslarida “lochinlar”ning 13 nafar futbolchisi hakamlar tomonidan sariq kartochkalar bilan “siylandi”. Mahoratli himoyachi Saidazamat Mirsaidov esa Namanganda “Andijon”ga qarshi kechgan bahsda (3-tur. 2:2) ikki marta sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Braziliyalik himoyachi Gilerme Gedesh esa 5-marta ogohlantirilib, bitta o‘yinni qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

“Navbahor” a’zolarining 1-davradagi kartochkalar bo‘yicha statiskasi esa quyidagicha:

Saidazamat Mirsaidov – 1 ta sariq, 1 ta qizil kartochka;
Gilerme Gedesh – 5 ta sariq kartochka;
Azimjon Ahmedov, Shohmalik Komilov – 3 tadan sariq kartochka;
Benjamin Teydi, Alisher Odilov, Umidjon Ergashev, Javohir Abdujabborov – 2 tadan sariq kartochka;
Igor Gabriyel, Sergey Karpovich, Abbosjon Gʻulomov, Zabihillo O‘rinboyev, Shahzodbek Ubaydullayev – 1 tadan sariq kartochka;

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 10:07, 14.07.2025.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик