Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Aston Villa" Uotkinsga o‘rinbosar izlamoqda

"Aston Villa" Uotkinsga o‘rinbosar izlamoqda

Baho:
+ | -

Angliyaning "Aston Villa" klubi hujumchi Olli Uotkins ketadigan bo‘lsa, unga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Uotkins "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Agar kelishuv amalga oshsa, "Aston Villa" ispaniyalik hujumchi Samu Agexovani o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. 21 yoshli futbolchi Portugaliyaning "Portu" jamoasida o‘ynaydi va 80 million yevro evaziga jamoani tark etishi mumkin.

Agexova o‘tgan mavsum barcha klub turnirlarida 45 ta o‘yinda 27 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan ajoyib mavsum o‘tkazdi. U "Portu"ga o‘tgunga qadar "Granada", "Alaves" va Madridning "Atletiko" kabi klublarida to‘p tepgan. Bir yil oldin hujumchi Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan, bu yil esa Ispaniya bilan Millatlar ligasi kumush medalini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 12:51, 14.07.2025.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик