Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Deku Kunde masalasi bo‘yicha ishni boshladi

Deku Kunde masalasi bo‘yicha ishni boshladi

Baho:
+ | -

"Barselona" sport direktori Deku o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde bilan yangi shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Fransuzning amaldagi kelishuvi 2027 yilning o‘rtalarida o‘z nihoyasiga yetadi va "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati futbolchi bilan yangi bitim tuzmoqchi. Ispaniyadagi manbalarning ma’lum qilishicha, Deku allaqachon 26 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashib, mehnat shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilgan.

Jyul Kunde o‘tgan mavsum Xans-Diter Flik jamoasi safida 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Himoyachi 2022 yilning iyulida "Sevilya"dan kataloniyaliklar safiga qo‘shilgandi.

Kiritildi: 08:29, 15.07.2025.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик