Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isak Saudiya klubi taklifini tinglashga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Isak Saudiya klubi taklifini tinglashga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

"Al-Hilol" klubi "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakning vakillari bilan bog‘landi.

"Qarg‘alar" shved uchun taxminan 130 mln yevro so‘ramoqda va Saudiya klubidagilar bu talablardan xabardor. Jurnalist Loik Tanzining ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi "Al-Hilol" bilan muzokaralar olib borishga rozi bo‘lgan: u taklifni eshitishga tayyorligini ma’lum qilgan, biroq faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish varianti unga qanchalik qiziq ekanini hozircha oshkor qilmagan.

Yaqinda bergan intervyusida Aleksandr Isakning agenti mijozi transferga yaqin ekanligini ma’lum qildi, biroq da’vogarlar nomini aniq aytmadi.

Avvalroq, hujumchi uchun kurashda "Liverpul" favorit sifatida ko‘rilgandi.

Kiritildi: 08:52, 21.07.2025.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.