Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Joau Feliks faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi mumkin.
A Bola xabariga ko‘ra, portugaliyalik uchun kurashda "Benfika" ustunlik qilmoqda, ammo "burgutlar"ning taklifi "Chelsi"ga yoqmayapti.
Portugal klubi Feliksning 50 foiz huquqlarini 20 millionga sotib olmoqchi, "aristokratlar" boshqa yirikroq takliflarni kutmoqda.













