"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunyes "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. A Seriya grandi Dushan Vlaxovich bilan xayrlashib, yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yangi forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. La Stampa xabariga ko‘ra, "keksa sinyora" rahbariyati Nunyes bo‘yicha muzokaralarni rejalashtirgan. "Liverpul" urugvaylik futbolchi uchun 60 mln yevro atrofida pul so‘ramoqda, ammo u ijaraga ham rozi bo‘lishi mumkin.
Darvin Nunyesni qo‘lga kiritishga "Napoli" va Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham qiziqish bildirgan. 26 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.













