Kirish Ro'yxatdan o'tish

SSKA sobiq futbolchisi: "Fayzullayevning ketishi to‘g‘ri qaror bo‘ldi"

SSKA sobiq futbolchisi: "Fayzullayevning ketishi to‘g‘ri qaror bo‘ldi"

Baho:
+ | -

SSKAning sobiq futbolchisi Dmitriy Xomuxa Abbosbek Fayzullayevning poytaxt klubini tark etishi bo‘yicha fikr bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda yarim himoyachini Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi 7,5 mln yevroga sotib olishi aytilgan edi.

"Mening fikrimcha, bu hammani qoniqtiradigan yaxshi qaror. Futbolchining o‘zi ham jamoani tark etishni xohladi va klub bundan foyda ko‘rdi," - deya Xomuxaning so‘zlarini keltiradi Vprognoze.ru.

Shuningdek, mutaxassis Fayzullayevning o‘yiniga ijobiy baho berib, futbolchi "harbiylar" safida o‘zini yaxshi ko‘rsatganini aytdi.

Moskvaning SSKA klubida o‘tkazgan ikki mavsumida yarim himoyachi 72 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 22 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 16:04, 22.07.2025.
O'qildi: 1366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик