Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shaxzod Azmiddinov: "Andijon"ga o‘tishni va Maksim Aleksandrovich qo‘l ostida to‘p surishni xohladim"

Shaxzod Azmiddinov: "Andijon"ga o‘tishni va Maksim Aleksandrovich qo‘l ostida to‘p surishni xohladim"

Baho:
+ | -

"Andijon" klubining yangi transferlari orasida iqtidorli himoyachi Shaxzod Azmiddinov ham bor.

Futbolchi "Burgutlar" oilasining bir bo‘lagiga aylangan holda ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoa ham uni boshqalar qatori iliq qarshi oldi.

Azmiddinov "Andijon"dagi birinchi o‘tkazgan mashg‘ulotidan so‘ng klub matbuot xizmatiga dastlabki intervyusini berdi.

- "Paxtakor"dan "Andijon"ga ko‘chib o‘tdingiz. Barchasi qanday yuz berdi?

- "Andijon" jamoasiga qo‘shilganimdan xursandman. Bu yerga o‘tishimni katta sababchisi bosh murabbiy Maksim Aleksandrovich bo‘ladi. Men ushbu mutaxassis bilan uch yil birga ishlaganman. Yaxshi bilaman. O‘zim ham ushbu jamoaga o‘tishni va Maksim Aleksandrovich qo‘l ostida to‘p surishni ancha xohladim. Albatta, o‘tishim oson bo‘lmadi. Oxiri tomonlar kelishuvga erishishdi. Xudo xohlasa, qo‘limdan kelganicha "Andijon"ga yordam beraman. Jamoa fan-klubini qanaqaligini bilaman. Bunday muxlislar qarshisida to‘p surish juda yoqimli. Ularni ishonchini qozonishga harakat qilamiz.

- Yangi qarorgohda yangi jamoangiz bilan birinchi mashg‘ulotni o‘tkazdingiz. Taassurotlar qanaqa?

- Kollektivdagilarni barchasi og‘aynilarim. Hammasi bilan tanishmiz. Baribir umumiy bog‘lamlarimiz bor. Jamoaga kirishib ketish muammo bo‘lgani yo‘q. Mashg‘ulot jarayonlari ham o‘sha. Shunday ekan, yanada moslashishim qiyin kechmaydi. Kuchliroq bo‘lib, ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

- "Andijon" safida ikkinchi davradan nima kutyapsiz?

- Oldimizga qo‘yilgan maqsadlardan biri Osiyo Chempionlar ligasida munosib ishtirok etish. Birinchi vazifamiz guruhdan chiqish. Chempionatda ham yaxshi o‘rinlardan birini egallamoqchimiz. Bunday futbolchilar bilan kuchli uchtalikka kirsa bo‘ladi. Barchasi ajoyib o‘yinchilar. Oldimizda hali ko‘p qiladigan ishlarimiz bor. "Andijon" muxlislari uchun yaxshi natija ko‘rsatishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. 

- OCHLda ham o‘ynagansiz. "Andijon" OCHL 2 da ilk bor ishtirok etadi va siz ushbu turnirda jamoaning ishtirokini qanday tasavvur qilyapsiz?

- U yerda baribir daraja boshqa bo‘ladi. Bitta xatoni kechirishmaydi. Iloji boricha kam xato qilgan jamoa yutadi.

- Yana bir bor Maksim Shaskix bilan ishlash imkoniyatiga egasiz. Sizga yoqadigan eng afzal tomonlari nimada?

- Murabbiy taktik tomonlama ham juda yaxshi tayyorlaydi. "Paxtakor"da ham ko‘proq taktika ustida ishlardik. Raqibni kuchli va kuchsiz jihatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri tarkib tanlay oladi.

- "Andijon" muxlislari sizni jamoaga qo‘shilganingizdan xursand. Ularga qanday gapingiz bor?

- Bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etinglar. Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Qo‘ldan kelganicha xursand qilishga harakat qilamiz. "Bobur arena"da barcha ishqibozlarni kutib qolamiz.

Kiritildi: 08:59, 31.07.2025.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.