Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sobiq darvozabon Donnarummani qo‘llab-quvvatladi

Sobiq darvozabon Donnarummani qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" va "Fiorentina" klublari sobiq darvozaboni Sebastyan Frey "PSJ"ning UYEFA Superkubogi uchun qaydnomasidan Janluiji Donnarummaning chetlatilishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

Sobiq darvozabonning so‘zlariga ko‘ra, bu xabar uni tom ma’noda hayratda qoldirgan va u italiyalikni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

"Men Jiji bilan suhbatlashdim va u ancha xotirjam ekan, lekin men hayratdaman, chunki uni Chempionlar Ligasida qatnashish uchun sotib olishgan. Jiji dunyodagi eng yaxshi darvozabon. Shuning uchun vaziyat juda g‘alati - nima uchun undan shubhalanishyapti?" - deya Freyning so‘zlarini keltiradi FC Inter 1908.

Avvalroq Donnarumma o‘zi ham klub qaroridan hafsalasi pir bo‘lgani va endi klubni tark etishga qat’iy qaror qilganini aytgandi.

Kiritildi: 07:55, 12.08.2025.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик