Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Flik uchun yoqimli boshog‘riq bor

Flik uchun yoqimli boshog‘riq bor

Baho:
+1 | -

"Barselona" La Liga yangi mavsumining 1-turidan o‘rin olgan "Malyorka"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. "Ko‘k-anorranglilar"ning safar uchrashuvi 16 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining asosiy tarkibi bo‘yicha bir qarorga kelgan.

Murabbiyda faqat o‘ng qanot himoyachisining pozisiyasi shubha uyg‘otmoqda: nemis hozircha Jyul Kunde va Erik Garsiyadan kim asosiy tarkibda o‘yinni boshlashini hal qilmagan. Himoyadagi qolgan pozisiyalarni Alexandro Balde, Kubarsi va Arauxo egallashi, darvozada esa Joan Garsiya o‘ynashi kutilmoqda - faqat uni ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurish kerak. Yarim himoyachilar uchligi Pedri, de Yong va Fermin Lopesdan iborat bo‘lib, Rafinya, Ferran Torres va Yamal hujumda harakat qiladi.

"Malyorka" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:55, 12.08.2025.
O'qildi: 6282 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик