"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni ispan klubiga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Men Antoni bilan gaplashmadim. Biz hammamiz uning bu yerda juda yaxshi bo‘lganini bilamiz, u biz bilan birga bo‘lishini istaymiz va Antoni, shubhasiz, qaytishni xohlaydi. Ammo "Manchester Yunayted" ham bir qarorga kelishi kerak», - dedi Pellegrini.













