Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya

"Liverpul" o‘z futbolchisini "Roma"ga qo‘yib yuborishga tayyor

"Liverpul" o‘z futbolchisini "Roma"ga qo‘yib yuborishga tayyor

Baho:
+1 | -

"Liverpul" chap qanot himoyachisi Kostas Simikasni ijaraga berish variantini ma’qulladi. 29 yoshli futbolchiga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, chorshanba kuni kechqurun "qizillar" vakillari rimliklarga grekni sotib olish majburiyatisiz ijaraga olishlari mumkinligi haqida ma’lum qilishgan. "Bo‘rilar" rahbariyati kelishuvga to‘laqonli transfer variantini qo‘shmoqchi.

Kostas Simikasning o‘zi "Roma"ga o‘tishni istaydi, chunki "Liverpul"ni boshqarayotgan Arne Slotning rejalariga kirmaydi. Lateralning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning qiymati Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 18 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 07:43, 28.08.2025.
O'qildi: 817 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.