Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Islombek Ismoilov: «Ispaniyada kichik turnirda ishtirok etamiz»

Islombek Ismoilov: «Ispaniyada kichik turnirda ishtirok etamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov Toshkentda davom etayotgan yig‘in borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yig‘inimiz 20 avgustdan boshlandi. Birinchi bosqichni Farg‘onada o‘tkazib, “Sementchi”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Tayyorgarlikning ikkinchi qismini Toshkentga ko‘chirdik va 30 avgustga qadar davom etadi.

31 avgustdan tayyorgarlikning uchinchi qismini Ispaniyada davom ettiramiz va u yerda kichik turnirda qatnashamiz. JCH oldidan Angliya, Kanada va Marokashga qarshi o‘ynash qo‘shimcha kuch beradi. Bu o‘yinlar orqali xatolarimizni ko‘rib olamiz. Bu esa JCH oldida biz uchun muhim hisoblanadi.

Sharoitlarimiz a’lo darajada. Ilgarilari qiyinchiliklar bo‘lgan. Mashg‘ulotlarga kelib va ketish uchun ikki soat vaqtimizni yo‘qotardik. Hozirda barchasi joyida. Bu o‘zgarishlar terma jamoa uchun xizmat qiladi”, - deydi Ismoilov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 23:26, 28.08.2025.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик