Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bornmut" "Milan" himoyachisi borasida muzokaralar olib bormoqda

"Bornmut" "Milan" himoyachisi borasida muzokaralar olib bormoqda

Baho:
+ | -

"Milan"ning qanot himoyachisi Aleks Ximenesga Angliyaning "Bornmut" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Mark Makadam xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni damda "giloslar" 20 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha "Milan" bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, "Bornmut" Ximenesni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, transfer oynasi yopilishiga 3 kun qoldi.

Ximenes "Milan" safida 2024 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Italiya jamoasi libosida himoyachi barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:29, 29.08.2025.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик