Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Timur Kapadze: «O‘monning so‘nggi o‘yinlarini kuzatdik – hozir ular boshqa uslubda harakat qilishmoqda»

Timur Kapadze: «O‘monning so‘nggi o‘yinlarini kuzatdik – hozir ular boshqa uslubda harakat qilishmoqda»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchimiz Azizbek Turg‘unboyev O‘monga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze:

— Musobaqaga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda, barcha futbolchilar optimal holatda. Legionerlarimiz asta-sekin yig‘inga qo‘shilmoqda. Bu turnir biz uchun foydali bo‘ladi, bor e’tiborimizni musobaqaga qaratganmiz. Vatan jamoasi bitta – unga hammamiz muxlislik qilamiz. Mundialga oz vaqt qoldi, munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak.

So‘nggi yillarda futbolimiz rivoji uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, islohotlar davom etmoqda. Masharipov va Ashurmatov biz uchun jiddiy yo‘qotish. Ba’zi futbolchilar klublarida o‘yin o‘tkazib keyinroq yig‘inga qo‘shilyapti, taktik va jismoniy tayyorgarlik uchun vaqt kam, lekin bu tabiiy jarayon. Biroq bubholat boshqa futbolchilarga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratadi.

Har bir raqib jamoaga yangi murabbiy tayinlangach, ularga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi. O‘monning so‘nggi o‘yinlarini kuzatdik – hozir ular boshqa uslubda harakat qilishmoqda. Keyrush tajribali mutaxassis, yangi jamoa shakllantirmoqda. Nima yuz berishini ertangi o‘yinda ko‘ramiz.

Biz esa o‘z rejalarimiz asosida turli uslublarni sinab ko‘ramiz va zarur natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Azizbek Turg‘unboyev:

— Yaxshi kayfiyatda yig‘inga keldik, mashg‘ulotlar ham, tayyorgarlik jarayoni ham samarali o‘tmoqda. Oldimizda muhim o‘yinlar turibdi.

Muxlislarni stadionga taklif qilamiz. SAFA musobaqasi haqiqiy futbol bayrami bo‘ladi. Jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarimizni ertangi o‘yinda biz bilan birga bo‘lishga chaqiramiz.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 14:38, 29.08.2025.
O'qildi: 2361 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.