Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Xansi Flik: «Barsa» «Rayo»ga qarshi o‘yinga to‘liq tayyor»

Xansi Flik: «Barsa» «Rayo»ga qarshi o‘yinga to‘liq tayyor»

Baho:
+ | -

Ertaga bo‘lib o‘tadigan «Rayo Valyekano» – «Barselona» uchrashuvi oldidan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xansi Flik matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Musobaqa boshlanishi haqida
— «6 ochko bilan boshlash muhim edi, ammo endilikda diqqatimizni uchinchi o‘yindagi g‘alabaga qaratganmiz. «Rayo» murabbiyi a’lo ish qilmoqda, ular jiddiy raqib bo‘ladi».

Fermin Lopes haqida
— «Ba’zan futbolchilar boshqacha o‘ylaydi yoki tashqi muhit ta’siriga tushadi. Lekin men Ferminning «Barsa»da ekanidan xursandman. U jamoamiz uchun juda muhim. Barcha jamoadoshlari uning qolishini xohlaydi. Hafta boshida u boshqacha edi, ammo keyingi kunlarda ko‘proq futbolga e’tibor qaratdi. Hozir uning holati yaxshi, bu biz uchun muhim».

Klubning moliyaviy holati haqida
— «Men faqat jamoaga e’tibor qaratyapman. Moliyaviy holat meni qiziqtirmaydi. Bizda fantastik tarkib bor va barcha bilsinki, men hozirgi futbolchilarni saqlab qolishni xohlayman».

Transferlar haqida
— «Oxirgi kunlarda yangi transferlar bo‘ladimi? Rostini aytsam, hech qanday tasavvurim yo‘q. Transfer bozori shunchaki jinnilik».

Maydonning holati haqida
— ««Rayo» stadioni maydoni? Biz buni o‘zgartirolmaymiz. Ikki jamoa ham bir xil sharoitda o‘ynaydi».

Kiritildi: 16:01, 30.08.2025.
O'qildi: 1348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик