Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Donnarummaning «Manchester Siti»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilayotgan jihat ma’lum bo‘ldi

Donnarummaning «Manchester Siti»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilayotgan jihat ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Siti» va Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klublari ancha vaqtdan beri italiyalik darvozabon Janluidji Donnarumma transferi yuzasidan kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda Britaniya nashri Mirror xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik golkiperning ehtimoliy transferidagi asosiy muammo – futbolchining yuqori maoshi. Aytilishicha, Donnarumma «Siti»ga o‘tsa, klubda Norvegiya hujumchisi Erling Xolanddan keyin ikkinchi eng yuqori maosh talab qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «shaharliklar»ning braziliyalik darvozaboni Ederson Morayes «Fenerbaxche»ga o‘tishi mumkin (muzokaralar davom etmoqda). Agar bu amalga oshsa, «Manchester Siti» yana bir darvozabon olishga tayyor, ammo "PSJ" futbolchisining shartlariga ko‘nishni istamayapti.

Avvalroq Donnarumma xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqqan edi, ammo hozircha «qizil iblislar» muzokaradan chiqib ketdi. Shuningdek, italiyalik darvozabonga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi taklif yo‘llagan, «Chelsi» esa vaziyatni kuzatib turibdi.

12 avgust kuni Donnarumma «PSJ»dan ketishini ma’lum qilgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:53, 31.08.2025.
O'qildi: 2387 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик