Angliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Maykl Ouen "Nyukasl" hujumchisi Aleksandr Isakning "Liverpul"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
"Ketmoqchi bo‘lsang - o‘zingni juda yomon tut. Odobli bo‘lsang, imkoniyatingni boy berasan. Agar natija shunday ekan, futbolchilar bundan keyin o‘zlarini qanday tutishlarini bashorat qilishning hojati yo‘q", - deya yozdi ingliz ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" 25 yoshli shvesiyalik hujumchining transferi uchun 145 million yevro to‘lagan. Isak Mersisayd grandi bilan olti yillik mehnat shartnomasini imzoladi.













