Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Flik "Barselona"ning yirik g‘alabasiga o‘z munosabatini bildirdi

Flik "Barselona"ning yirik g‘alabasiga o‘z munosabatini bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi kechgan yirik g‘alabadan (3:0) keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ko‘k-anorranglilar"ga uch ochkoni birinchi bo‘limda ikki bor gol urgan Ferran Torresning dubli keltirdi. Uchinchi golga Dani Olmo mualliflik qildi.

"O‘yinni nazorat qildik, yaxshi harakat qildik va g‘alabaga erishdik. "Xetafe"ga gol urish har doim ham oson bo‘lmagan, ammo biz buni uddaladik. So‘nggi o‘yinlarda ko‘rsatgan o‘yinlari uchun jamoadan minnatdorman. O‘tgan yakshanba kuni o‘ynadik, keyin Chempionlar Ligasida "Nyukasl" bilan qiyin o‘yin o‘tkazdik, bugungi bahs ham oson bo‘lmasligi aniq edi. Uchala holatda ham haqli ravishda g‘alaba qozondik, bundan juda xursandman," - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

"Barselona" Ispaniya chempionati 5-turidan keyin 13 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 07:33, 22.09.2025.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик