"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ga (1:1) qarshi o‘yindan keyin Gabriel Martinellining o‘yinidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Braziliyalik vinger o‘yinning 80-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirib, "kanonirlar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
"Ehtimol, Martinelli asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiq edi, ammo bunday qilmadik. U shikoyat qilish o‘rniga, aql bovar qilmaydigan energiya olib keldi va jamoaga bir ochko olishga yordam berdi. Eberechi Eze haqida ham shunday deyish mumkin," - deya Artetaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.













