Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola "Arsenal" bilan durangdan so‘ng nimalar dedi?

Gvardiola "Arsenal" bilan durangdan so‘ng nimalar dedi?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal"ga (1:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. "Shaharliklar" ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol o‘tkazib yuborishdi va g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.

"Bir hafta ichida biz murakkab o‘yinlarni o‘tkazdik - "Manchester Yunayted"ga qarshi, keyin Chempionlar Ligasi... Bugun ham kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Matonat uchun jamoam oldida shlyapamni yechaman. Yuqori pressingda samarasiz o‘ynaganda hujumlar uyushtirish juda qiyin. Biz bir nechta qarshi hujumlarni amalga oshirdik. O‘ylaymanki, natija adolatli. Umuman olganda, "Arsenal" yaxshiroq edi.

Biz juda charchaganmiz. "Napoli" bilan o‘yin juda emosional bo‘ldi va tiklanish kunidan so‘ng Londonga yo‘l oldik. "Arsenal" so‘nggi ikki mavsumda chempionlik uchun kurash olib bordi va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi. Ularga qarshi kurashish juda qiyin. Ko‘plab o‘yinchilar charchagan. Bundan tashqari, bizda ko‘plab jarohatlar bor", - dedi Gvardiola.

Kiritildi: 08:21, 22.09.2025.
O'qildi: 3982 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик