Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Gvardiola Xolandning holati haqida ma’lumot berdi

Gvardiola Xolandning holati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola hujumchi Erling Xolandning holati haqidagi savolga javob berdi. "Arsenal"ga qarshi so‘nggi o‘yinda norvegiyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda zaxiraga olingandi.

«Kecha Xoland tiklandi. Bugun uni ham, boshqa o‘yinchilarni ham hali ko‘rmadim. Umid qilamanki, u dam olish kunlarigacha formada bo‘ladi. Og‘ir haftani o‘tkazdik, ayniqsa so‘nggi o‘yinni. Ba’zida futbolchilarda muammolar paydo bo‘ladi. O‘ylaymanki, dam olish kunlarigacha hammasi joyida bo‘ladi», - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Ma’lum bo‘lishicha, Erling Xoland Liga Kubogida "Haddersfild Taun"ga qarshi o‘ynamaydi. Uchrashuv 24 sentyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:37, 23.09.2025.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик