Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Barsa" sobiq futbolchisi Xavi "MYU"ni boshqarishiga ishonmoqda

"Barsa" sobiq futbolchisi Xavi "MYU"ni boshqarishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Gaiska Mendyeta Xavi "Manchester Yunayted"ni boshqarishga rozi bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

"O‘ylaymanki, agar bu to‘g‘ri loyiha bo‘lsa, Xavi qiziqish bildiradi. Kim Premyer-ligada murabbiylik qilishni istamaydi? "Manchester Yunayted"ga murabbiylik qilishni kim xohlamaydi, hatto hozirgi qiyin davrda ham?

Agar loyiha Xaviga ma’qul kelsa, ishonchim komilki, u rozi bo‘ladi. U allaqachon tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z imkoniyatini kutmoqda. Bilaman, unda bir nechta variantlar bor edi, ammo loyihalar mos kelmadi," - dedi Mendyeta.

Xavi 2023/2024 yilgi mavsum yakunida "Barselona"ni tark etganidan keyin hozircha ishsiz.

Kiritildi: 22:01, 02.10.2025.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик