Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

MLS. Messining uchta golli uzatmasi «Inter Mayami»ga «Nyu-Inglend Revolyushn»ni yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi (videosharh)

MLS. Messining uchta golli uzatmasi «Inter Mayami»ga «Nyu-Inglend Revolyushn»ni yirik hisobda mag‘lub etishga yordam berdi (videosharh)

Baho:
+ | -

MLS chempionati doirasidagi navbatdagi bahsda «Inter Mayami» o‘z maydonida «Nyu-Inglend Revolyushn» jamoasini qabul qildi. Uchrashuv Fort-Loderdeyl shahridagi «DRV PNK Stadium»da bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 4:1 hisobiga g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘olib jamoa safida Tadeo Allende va Jordi Alba ikkitadan gol urishdi. Argentiniyalik hujumchi Lionel Messi uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

«Nyu-Inglend Revolyushn» jamoasining yagona golini Dor Turgeman urdi.

«Inter Mayami» so‘nggi uch uchrashuvdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, «Nyu-Inglend Revolyushn» oxirgi olti o‘yinda to‘rtinchi mag‘lubiyatini qayd etdi.

Keyingi turda «Inter Mayami» «Atlanta Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi, «Nyu-Inglend Revolyushn» esa «Chikago Fayr» bilan bellashadi.

AQSH — Major League Soccer (MLS)
2025 yil 5 oktyabr, yakshanba
Fort-Loderdeyl, «DRV PNK Stadium»
Inter Mayami (Mayami) — Nyu-Inglend Revolyushn (Foksboro) - 4:1
Gollar: 1:0 — Allende (32'), 2:0 — Alba (45+3'), 2:1 — Turgeman (59'), 3:1 — Allende (60'), 4:1 — Alba (63')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:03, 05.10.2025.
O'qildi: 3173 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик