Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Yuventus" "Real" futbolchisini sotib olishi mumkin

"Yuventus" "Real" futbolchisini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Real"ning braziliyalik hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yosh hujumchi bo‘lajak jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi qaydnomasidan o‘rin olishga umid qilmoqda, shuning uchun u yanvar oyida klubini o‘zgartirishga tayyor. Xabi Alonso qo‘l ostida "Real"da bir daqiqa ham o‘ynamagan Endrik uchun variantlardan biri "Yuventus" bo‘lishi mumkin. Qayd etilishicha, Endrikka yozdayoq "Yuventus" qiziqish bildirgan.

19 yoshli hujumchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:55, 14.10.2025.
O'qildi: 1147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик