Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘FF yig‘ilishi: rejalar, tahlillar va ustuvor vazifalar

O‘FF yig‘ilishi: rejalar, tahlillar va ustuvor vazifalar

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal federasiyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov O‘FF mas’ullari hamda terma jamoalar murabbiylari bilan navbatdagi hisobot yig‘ilishini o‘tkazdi. Tadbirda Federasiyaning sentyabr oyida amalga oshirgan ishlari va oktyabr oyidagi ustuvor vazifalari yuzasidan hisobot va rejalari tinglandi. Shuningdek, terma jamoalar oldida turgan  dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Federasiya faoliyati va Oliy liga musobaqalarining dastlabki uchta tur yakunlari tahlil qilindi.

Jumladan, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston 29-milliy chempionatining bahslari Toshkent, Andijon va Jizzax shaharlarida uyushqoqlik bilan o‘tkazilgani, joylarda futzal ommalashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi, iqtidorli yosh futzalchilarning kashf etilayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yangi mavsumdan e’tiboran, oliy liga jamoalariga 30 dan ziyod legionerlar jalb etilishi musobaqalarga qiziqishni yanada oshirishga hamda mahalliy futzalchilarning kasbiy mahorati o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birgalikda, O‘FF rahbari tomonidan jamoalar faoliyatida hali mavjud bo‘lib turgan kamchiliklarga ham tanqidiy baho berildi.

Xususan, ayrim jamoalar tomonidan musobaqa Reglamenti talablarini to‘liq bajarilmayotgani, klublarda tibbiyot va matbuot xizmatlarining yetarli darajada faoliyat ko‘rsatmayotgani, tarkiblardagi muammolar, kurashsiz boy berilayotgan o‘yinlar, ba’zi jamoalarning musobaqalarga to‘liq murabbiylar shtabisiz ishtirok etishi, tarkiblarga 2009 yil va undan keyin tug‘ilgan futzalchilarning jalb qilinmayotganligi masalalari jiddiy tanqid ostiga olindi.

Bu kabi kamchiliklar nafaqat ichki musobaqalar darajasiga, balki o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarimizning xalqaro maydonlardagi ishtiroki natijalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi. Mazkur holatlar kelgusida takrorlangan taqdirda, federasiya tomonidan tegishli klublarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda, O‘FF rahbari tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘iz Respublikasida o‘tkazilgan Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqalarida ishtiroki yakunlari alohida tahlil qilindi va terma jamoa murabbiylarining tegishli hisobotlari tinglandi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida tashkil qilinadigan VI Islom birdamlik o‘yinlariga va o‘smirlar terma jamoasi Bahraynda bo‘lib o‘tadigan III Osiyo yoshlar o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishlariga e’tibor qaratildi.

Bu borada Bekzod Mamatqulov ayni kunlarda boshlangan milliy jamoa yig‘ini doirasida futbolchilarning jismoniy va ruhiy holati, jarohatlari bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaldi. Jamoa shifokorlariga jarohat olgan futbolchilar bilan davolash jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, klublar bilan muvofiqlashtirilgan holda nazoratni kuchaytirish ta’kidlandi.

Shuningdek, murabbiylar shtabiga terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilarni klub murabbiylari bilan hamkorlikda kuzatish, ularning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston milliy terma jamoasining 16 oktyabr kuni Qozog‘istonga qarshi o‘tkazadigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini munosib darajada tashkil etish, uni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish vazifalari belgilandi. Bundan tashqari, milliy chempionatning 4-tur bahslariga tayyorgarlik, birinchi liga va havaskorlar o‘rtasidagi “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasini yuqori saviyada tashkillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi uqtirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifa va topshiriqlar - milliy futzalni yanada rivojlantirishga, klub va terma jamoalar faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 21:42, 14.10.2025.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.