Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

OFK Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

OFK Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Riyod shahrida Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishga OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa raislik qildi. Tadbirda Osiyo futbolining dolzarb masalalari, mintaqadagi futbolni yanada rivojlantirish, a’zo assosiasiyalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mintaqaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, boshqaruv va ta’lim dasturlarini kuchaytirish borasidagi yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim qarorlar muhokama qilindi.

Shayx Salmon o‘z nutqida so‘nggi yillarda Osiyo futbolida erishilgan yutuqlarni e’tirof etdi. Shuningdek, u Konfederasiya barcha a’zo assosiasiyalar bilan birdamlikda harakat qilishini, murakkab vaziyatlarda ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda OFK va UEFA o‘rtasida murabbiylik ta’limi bo‘yicha yangi hamkorlik bitimlari imzolandi. Ushbu kelishuvlar orqali murabbiylar malakasini o‘zaro tan olish, tajriba almashish va o‘quv dasturlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bitimlar 2029 yilgacha amal qiladi. Shuningdek “AFC Equal Pitch” dasturi ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, Sohil futboli bo‘yicha navbatdagi ikki Osiyo kubogi Tailandda o‘tkazilishi belgilandi.

OFK Ijroiya qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “AFC Awards 2026” marosimiga ham Tailand mezbonlik qilishi belgilandi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 22:22, 16.10.2025.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик