Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Rossiyalik tennischi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Rossiyalik tennischi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi

Baho:
+ | -

Rossiyalik tennischi Mariya Timofeeva endilikda xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda “Forbes.ru” nashri xabar berdi.

Timofeeva Moskvada tug‘ilgan, biroq Sloveniyada shug‘ullanib keladi. U 2023-yilda Budapeshtda bo‘lib o‘tgan WTA-250 turnirida g‘alaba qozonib, o‘zining ilk sovrinini qo‘lga kiritgan. Timofeeva 2024-yilgi  Australian Open musobaqasida saralashdan o‘tib, asosiy to‘rda to‘rtinchi bosqichgacha yetib borgan. Shuningdek, u Mayami va Budapesht turnirlarida ham yaxshi natijalar qayd etgan. Mariya 19 oktyabr kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tgan ITF turnirida (W75) chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Hozirda 21 yoshli sportchi WTA reytingida 146-o‘rinni egallab turibdi. Uning faoliyatidagi eng yuqori ko‘rsatkich 2024-yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Mariya 93-o‘rindan joy olgan edi.

Rossiya tennis federasiyasi rahbari Shamil Tarpishchev yil boshida rossiyalik sportchilar boshqa mamlakatlar nomidan turnirlarda qatnashishi mumkinligini aytgan edi. Bu holat Rossiyada musobaqalarning yo‘qligi va moliyaviy muammolar bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, 2022-yildan boshlab ITF Rossiya va Belarus tennis federasiyalarining a’zoligini to‘xtatgan va bu davlatlarda turnirlar o‘tkazishni taqiqlagan. Shunga qaramay, ATP va WTA rossiyalik tennischilarga neytral maqomda ishtirok etishga ruxsat bergan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:46, 21.10.2025.
O'qildi: 2179 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.