Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

PSJ va “Barselona” “Atletiko” yetakchisiga qiziqish bildirmoqda

PSJ va “Barselona” “Atletiko” yetakchisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Xulian Alvares juda yaxshi sport formasida. Argentina terma jamoasi a’zosi joriy mavsumda 11 ta rasmiy o‘yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

O‘tgan yilning o‘zidayoq u jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan biri sifatida tanilgan edi. Ispaniya Diario Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” va PSJ kelasi yozda Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Biroq bu transfer uchun ularga katta miqdorda mablag‘ to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Futbolchi “Atletiko”ning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi — Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 100 million yevroni tashkil etadi. Shu bilan birga, Alvaresning shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va madridliklar uning transferi uchun ikki barobar ko‘p summaga umid qilmoqda.

2022 yilgi jahon chempioni Alvares 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan “Atletiko”ga 75 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 29 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 12:07, 24.10.2025.
O'qildi: 2564 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик