Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

O‘zbekiston kubogi. «Paxtakor» finalda «Buxoro»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston kubogi. «Paxtakor» finalda «Buxoro»ni kichik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -1

Toshkentning «Paxtakor» klubi o‘z tarixida 14-marta O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. Finalda Kamoliddin Tojiyev shogirdlari «Buxoro»ni mag‘lub etishdi va 2026 yilgi xalqaro musobaqalarga yo‘llanma olishdi.

O‘yin tafsilotlari

Final bahsi yuqori shiddatda boshlandi. «Paxtakor» ilk daqiqalardanoq tashabbusni qo‘lga oldi — Hojimat Erkinov va Alijonov qanotlarda faol harakat qilishdi. Birinchi bo‘limda bir nechta xavfli vaziyatlar yaratildi, ammo Flamarion va Saitovning urinishlari samara bermadi. Shu bilan birga, «Buxoro» jamoasi himoyada mustahkam harakat qilib, asosiy kuchini qarshi hujumga qaratdi. Birinchi bo‘lim 0:0 hisobida yakunlandi.


Ikkinchi bo‘lim — Erkinovning rekoshet orqali urgan goli

«Paxtakor» ikkinchi bo‘limda faollikni oshirdi. Bir necha bor Flamarion va Abdumajidov orqali xavfli hujumlar uyushtirildi. 63-daqiqada esa hisob ochildi: Alijonov jarima maydoni ostonasida ochilgan Hojimat Erkinovga uzatma berdi. U esa raqibni aldab, kuchli zarba berdi. To‘p himoyachiga tegib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va Boymurodov qo‘riqlayotgan darvozaga kirib ketdi — 1:0!

Qaynoq yakuniy daqiqalar

Goldan so‘ng «Buxoro» hujumga o‘ta boshladi. Jamoa hatto 90+3-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Goldan keyin VAR tekshiruvi ishga tushdi va bu jarayon 10 daqiqadan ortiqroq davom etdi. Yakuniy bosh hakam Nayim Qosimov ofsayd qayd etilganini stadionga e’lon qildi va golni bekor qildi.

Bu qaror "Buxoro" futbolchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi va futbolchilarda asabiylik yuzaga keldi.

Qo‘shib berilgan vaqt 21-daqiqa davom etdi va «Paxtakor» o‘zining 14-kubok sovrini qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba Kamoliddin Tojiyevni klub tarixida futbolchi va bosh murabbiy sifatida Kubok yutib olgan birinchi shaxsga aylantirdi.


O‘zbekiston Kubogi — 2025 yilgi final
«Paxtakor» — «Buxoro» 1:0 (0:0)
Gol: Erkinov (63)
Hakam: Naim Qosimov
Andijon: «Bobur arena». 6814 nafar muxlis

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:05, 29.10.2025.
O'qildi: 1735 marta.
Fikrlar: 188 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик