Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Yamal, Reshford va Rafinyaning holati qanday? Flik javob berdi

Yamal, Reshford va Rafinyaning holati qanday? Flik javob berdi

Baho:
+ | -

“Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik matbuot anjumanida hujum chizig‘idagi futbolchilar — Lamin Yamal, Rafinya va Markus Reshfordning holati haqida ma’lumot berdi.

Flik Yamalning tiklanish jarayonidan qoniqqanini ta’kidladi:

“Yamal oxirgi ikki hafta davomida juda qattiq mehnat qildi. Ko‘rganlarimdan mamnunman. Bu jarohatning o‘zining ijobiy va salbiy tomonlari bor, lekin u bilan hammasi joyida, deb o‘ylayman".

Markus Reshford haqida esa u shunday dedi:

“Reshfordda kecha va bugun qattiq isitma bor edi”.

Eng yaxshi yangilik esa Rafinya bilan bog‘liq:

“Yaxshi xabar — Rafinya qaytdi. Ertaga u 10–15 daqiqa yoki undan ko‘proq o‘ynay oladimi — bunga hali baho beramiz. Ammo uning qaytishiyoq juda muhim.”

22 noyabr, shanba kuni “Barselona” o‘z maydonida “Atletik”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:30, 21.11.2025.
O'qildi: 936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик