Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Mareska: "Biz har doim ham "Barselona" va "Arsenal"ga qarshi o‘ynay olmaymiz"

Mareska: "Biz har doim ham "Barselona" va "Arsenal"ga qarshi o‘ynay olmaymiz"

Baho:
+ | -

"Chelsi" ustozi Enso Mareska jamoadan har bir o‘yinda ajoyib o‘yin kutmaslikka chaqirmoqda.

Chorshanba kuni "ko‘klar" "Lids"ga yutqazdi (1:3). "Tovuslar" bilan o‘yin oldidan londonliklar "Barselona" (3:0) va "Arsenal" (1:1) bilan bahslardagi o‘yinlari uchun ko‘plab maqtovlarga sazovor bo‘lishdi.

"Biz har doim ham "Barselona" va "Arsenal" bilan o‘yinlardagi kabi o‘ynay olmaymiz. Bizda har ikki-uch kunda o‘ynay olmaydigan futbolchilar bor. Bular qatoriga Ris Jeyms va Uesli Fofana kiradi - bizda ularni har safar maydonga tushirish imkoniyati yo‘q", - dedi italiyalik murabbiy mag‘lubiyatdan keyin bergan intervyusida.

"Chelsi" Premyer-liga jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Mareska jamoasi shanba kuni "Bornmut"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:10, 04.12.2025.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик