Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Bahrom Haydarov: «Bugungi g‘alabadan keyin yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi»

Bahrom Haydarov: «Bugungi g‘alabadan keyin yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Superliga pley-off bosqichidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» — «Xorazm» uchrashuvi 1:1 hisobida yakun topdi va penaltilar seriyasida «Qo‘qon-1912»ning qo‘li baland keldi (5:4). O‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?

— Bitta o‘yindan iborat pley-off uchrashuvlari juda asabiy kechadi. Bugun ham shunday bahs guvohi bo‘ldik. Har ikki jamoada yutqazib qo‘ymaslik bosimi bo‘ldi. Teng kurash kechdi deb o‘ylayman. Xuddi finaldek uchrashuvni o‘tkazdik va agar bahs oxirida to‘p kiritganimizla ish penaltilar seriyasiga qadar yetib bormasdi. Bugun juda ko‘p kuch yo‘qotdik.

Agar butun mavsum haqida gapiradigan bo‘lsam, klubimiz rahbariyati tomonidan oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik. Muhimi, jamoani Superligada olib qoldik. Bu bilan hammani tabriklayman. Qiyin mavsumni o‘tkazdik, hatto 9 ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriya ham kuzatildi. Lekin yakunda og‘ir holatdan chiqib keta oldik, bu esa jamoamiz shakllanib borayotganini ko‘rsatadi. Bosh murabbiy sifatida menda ham bosim yuqori edi, bugungi g‘alabadan keyin yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi.

— Bugun yosh futbolchi Muxriddin Pazlidinov zaxiradan maydonga tushdi va o‘yindan keyin penaltilar seriyasida ishtirok etdi. Yosh bo‘lishiga qraamay, 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgani ta’sirli bo‘ldi.

— Penaltilar seriyasini o‘tkazish funbolchilarga ham, murabbiyga ham qiyin. Kimnidir borib tep deb majburlay olmaysiz. Shu bois o‘ziga ishongan futbolchilar nuqtaga boradi. Eng muhimi, futbolchi to‘pni tepishdan qo‘rqmasligi kerak, chunki gol ura olmasa ham hayot shu bilan to‘xtab qolmaydi. Bugun bir o‘yinchimizga tepasan deb aytganimda qo‘rqyapman dedi. Endi penaltilar ham o‘yinning bir qismi. O‘yin paytida tepish boshqa, o‘yindan keyin tepish boshqa. Tezroq yakuniy qaror qabul qilish kerak bo‘ladi. Bugun yosh bo‘lishiga qraamay, Haydarov ham, Pazlidinov ham ishonch bilan bordi va mo‘ljaldan adashishmadi. Bu esa hammamizni xursand qildi.

— Shohruh Gadoyevni ertaroq maydonga tushirsa bo‘lmasmidi?

— Men shundoq ham uni ancha ertaga maydonga tushirdik deb o‘yladim. Chunki Shohruh bu o‘yinga to‘liq tayyor emasdi. Mavsum o‘rtasida jarohat olib, 10 kun davolanib keyin maydonga tushish bilan mavsum oxirida jarohatdan tuzalib qaytishning farqi bor. Ko‘pchilik Shohruhni va umuman hamma futbolchilarni to‘p unda ekanligida ko‘radi, lekin to‘psiz harakatni kuzatmaydi. To‘psiz o‘ynaganimizda Gadoyevning kuchi yetmay qolyapti. Mana endi mavsum tugadi va yangi mavsumgacha Shohruh jismoniy tomondan o‘z ustida ishlasa yanada kuchli bo‘lib qaytadi.

— Klub oldiga kelasi mavsum jiddiy vazifa qo‘yilganidan xabarimiz bor. Hozirgi murabbiylar shtabi bu vazifani bajarishga mosmi yoki boshqa murabbiylar keladimi?

— Hammasini klub rahbariyati hal qiladi. Men bu savolga javob bera olmayman. Agar Siz biz kabi murabbiylarni ma’qul ko‘rmasangiz, bilmadim, ishlamay qo‘yaveramiz. Vazifani bajarishga keladigan murabbiy ham baribir bizga o‘xshab ishlaydi. Mana statistikaga qarang, ikkinchi davradagi natijalarimiz bo‘yicha beshinchi o‘rinni olibmiz. Jamoamiz uchun bu yomon ko‘rsatkich emas. Vazifani bajarish uchun albatta nomdor murabbiy yoki familiyasi chet ellik kelishi shart emas. Aytib o‘tganimdek, hammasi rahbariyat qaroriga bog‘liq. Agar hozirgi shtabga ishonch bildirilsa, kelasi yilga jamoani tayyorlaymiz.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 09:13, 06.12.2025.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.