Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Qarshi davlat universiteti O‘zPFL talabiga javob beradigan stadion barpo etadi

Qarshi davlat universiteti O‘zPFL talabiga javob beradigan stadion barpo etadi

Baho:
+ | -

2025 yilgi mavsumdan e’tiboran Liga a’zolari safiga qo‘shilgan Qarshi davlat universitetining "Lochin" jamoasi Birinchi ligadagi debyut mavsumidayoq futbol jamoatchiligi e’tiboriga tushdi. U o‘zining ilk urinishidayoq "Surxon" va "Andijon" singari Superliga klublarini O‘zbekiston kubogidan chiqarib yuborishga erishdi va musobaqaning 1/8 final bosqichiga qadar yetib keldi.

Lochin, shuningdek, Birinchi ligada ham munosib ishtirok etdi va Toshkent mezbonlik qilgan pley-off bosqichiga qadar yetib bordi. Uchrashuvlarni tashkil etish, jamoa bilan ishlash va boshqa jabhalarda Qarshi davlat universiteti yil avvalidagi kelishuvlarga to‘liq rioya qilganligini e’tirof etish lozim. Qayd etish kerak, shu yilning 7 aprel kuni universitet rektori Dilmurod Nabiyev Liga ofisiga tashrif buyurgan va ikki tomon o‘rtasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuv imzolangandi.

Shu asosda Qarshi davlat universiteti hududida joylashgan stadionni katta uchrashuvlarga tayyorlash ishlari boshlandi. 9 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshida bo‘lib, Lochin o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan stadiondagi ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

Ayni vaqtda stadion tribunalari, jamoalar va hakamlarning kiyim almashtirish xonalari, komissar va tibbiyot xonalari, matbuot anjumani zali to‘liq yangidan ta’mirdan chiqarilmoqda. Uchrashuv davomida kelajakda stadionda VAR tizimi faoliyat olib borishi ehtimoli va o‘yinlarni teletranslyasiya qilish masalasi, bu yo‘lda tribuna osti va maydon atrofini kabellashtirish, kelajakda stadion projektorlari qanday tartibda o‘rnatilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

Qarshi davlat universitetiga qarashli o‘yingoh maydoni Liga talabi asosida drenaj va sug‘orish tizimlarini o‘z ichiga olgan. Maydonning ikki chetida tribunalar mavjud bo‘lib, u umumiy hisobda 1 400 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan. Hududda kelajakda qolgan ikki tomon uchun ham tribunalar tashkil etish imkoniyati mavjud. Mo‘’jaz arena kelasi yilning ikkinchi yarmidan boshlab foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Stadionning o‘quv binolariga yaqin ekanligi kelajakda Lochin jamoasi universitetning ajralmas qismiga aylanishi va talablarning uchrashuvni bevosita kuzatib borishi kabi masalalarga qo‘shimcha imkoniyatlar beradi.

Ayni vaqtda Liga Lochin jamoasining Proligada ishtirok etishi yuzasidan hujjatlarni tayyorlamoqda. Mazkur masala to‘liq hal etilsa, tarixiy voqea Liga rasmiy sahifalarida rasman e’lon qilinadi. Universitet stadioni tayyor holatga kelguniga qadar esa "Lochin" raqiblarini Qarshidagi "Geolog" stadionida qabul qilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur masala Sho‘rtan gaz-kimyo, universitet va Liga o‘rtasida kelishilinishi belgilangan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:02, 12.12.2025.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.