Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland: "Ronaldu va Messi - eng yaxshi ligalarda 15 yillik eng yuqori darajani ko‘rsatish uchun nima qilish kerakligiga misollar"

Xoland: "Ronaldu va Messi - eng yaxshi ligalarda 15 yillik eng yuqori darajani ko‘rsatish uchun nima qilish kerakligiga misollar"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Krishtianu Ronaldudan ilhomlanyaptimi, degan savolga javob berdi.

"Albatta. O‘ylaymanki, sayyoradagi har bir futbolchi uchun Krishtianu va Lionel Messi eng yaxshi ligalarda 15 yil davomida eng yuqori darajani ko‘rsatish uchun nima qilish kerakligi, qanday o‘ynash kerakligi haqida namuna bo‘la oladi.

Ikkalasi ham ilhomlantiradi. Balki Krishtianu bizga qilayotgan ishlari haqida biroz ko‘proq ma’lumot berar. Qarang, u o‘z tanasiga qanday g‘amxo‘rlik qilyapti! Bu juda ajoyib.

U 40 yoshda. Uning bu yoshda ham o‘ynay olishi aql bovar qilmaydigan holat. Buning uddasidan chiqqani uchun unga har qancha hurmat ko‘rsatsak arziydi. Bu oson emas", - dedi Erling.

Kiritildi: 14:44, 13.12.2025.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.